
Tabiiy pyure – meva/sabzabot/rezavor meva turiga ko’ra tarkibida 6% dan 14% gacha xomashyo konsentratsiyasi mavjud bo'lgan, yetilib pishgan sara meva, sabzavot yoki rezavor mevalardan tayyorlanadigan pyure. Bunday pyure vitamin va foydali mikroelementlarga boy bo'lib, ko'p turdagi ichimlik va taomlar tayyorlash uchun yaxshi asos hisoblanadi.
Tabiiy pyure bosqichma-bosqich ishlab chiqariladi. Avvalo, saralangan mevalar yuvilib, po’stlog’I, bandi va o’zagidan ajratiladi. Shundan so'ng mevalar kesilib, dastlabki qizdirish (dudlash va “blanshirovka” qilish) va maydalash jarayonidan o’tkaziladi. Hosil bo‘lgan massa gomogenlashtirish (qatlamlarga ajralishini oldini olish uchun bir xil massa holatiga keltirish) va 106-112°S haroratda sterilizatsiya jarayonlaridan o‘tadi, so‘ngra tegishli idishga aseptik usulda (mikroorganizmlar tushishidan saqlanish maqsadida) qadoqlanadi.
Tabiiy pyure bolalar ovqati sifatida foydalidir. Shuningdek, undan ichimliklar, taomlar, sous va turli qandolatchilik mahsulotlari tayyorlashda ham foydalaniladi.
Tabiiy pyure sog’liq uchun juda koni foyda, chunki u tarkibida barcha foydali moddalarni saqlaydi. U organizmda tez so’riladi, tanani foydali mikroelement, vitamin va minerallar bilan ta’minlaydi hamda biokimyoviy jarayonlarda faol ishtirok etadi.