Mahsulotlar

Mahsulotlarimiz

SAVOLLAR - JAVOBLAR

Biz faqat tabiiy komponentlardan tayyorlangan mutlaqo tabiiy mahsulotlar ishlab chiqaramiz. Tabiiy meva pyuresi, konsentrlangan pyure va sharbatlar haqiqiy, saralangan va tarkibida GMO mavjud bo'lmagan barra meva/sabzavotlardan tayyorlanadi. Meva/sabzavotlarni qayta ishlash jarayonida nanotexnologiyadan foydalanilmaydi hamda shakar, shakar o’rnini bosuvchi moddalar, xushbo’ylashtirgich yoki konservantlarqo’shilmaydi. Shu sababli, mahsulotlarimiz iste'mol qilish uchun mutlaqo xavfsizdir.

Iste’molchilar va mijozlar e’tiboriga keng assortimentdagi mahsulotlar havola etiladi. Konsentrlangan sharbatlar, konsentrlangan va tabiiy pyurelar ishlab chiqarishda biz muayyan turdagi mevalardan foydalanamiz, negaki mevalarning hammasi ham zaruriy xususiyat va ta’m ko’rsatkichlariga ega emas. Konsentrlangan sharbatlarimiz olcha, olma va anordan; konsentrlangan pyurelar – o’rik, shaftoli, olma, behi, olxo’ri, pomidor va limondan; tabiiy pyurelar esa qulupnay, malina, o‘rik, shaftoli, olxo‘ri, behi va olmadan tayyorlanadi.

Kompaniyamiz doim yangi va qiziqarli yechimlarni izlaydi. Biz muntazam ravishda yangi mahsulotlar lineykasida foydalanish mumkin bo’lgan meva va sabzavotlar hamda ularning birikmasidan hosil bo’ladigan ta’mlarni ko’rib chiqamiz. Sizga qaysi ta’mlar yetishmayotganini bizga xabar qiling va biz taklifingizni mamnuniyat bilan ko’rib chiqamiz. Savollaringizga javob berishimiz uchun ariza to’ldirish, qo’ng’iroq qilish yoki elektron pochtaga xabar yo’llash orqali biz bilan bog’laning.

Kompaniyamizning ishlab chiqarish jarayoni HASSP, ISO va Kosher kabi standart tizimlari tomonidan qabul qilingan barcha tegishli tasnif hamda talablarga javob beradi. Mahsulot yorlig’i amaldagi barcha sifat va xavfsizlik standartlariga mos keladi. Kompaniya meva va sabzavot sharbati/pyuresi ishlab chiqarishda yuqori sifatli ilg’or texnologik uskunalardan foydalangan holda bu masalaga ijobiy yechim topgan.