Bizning hamkorlarimiz kompaniyamizning eng katta qadriyatidir, biz xodimlarimizni qadrlaymiz, ularga g’amxo’rlik qilamiz, har doim qiyin vaziyatda qo’llab-quvvatlashga, muvaffaqiyat va yutuqlardan birgalikda quvonishga tayyormiz. Biz birgalikda umumiy maqsad sari harakat qilamiz. Biz o’z sohasining professionallarimiz, biroq shu bilan birga boshqalarning ham fikrini tinglaymiz va ularni o’rganishga tayyormiz. Doim mukammallikka intilamiz – biz mijozlarimiz, yetkazib beruvchilarimiz va xodimlarimiz uchun eng yaxshisi bo’lishni xohlaymiz va buning uchun biz rivojlanish, o’zgarish va har tomonlama takomillashishga tayyormiz.
Biz bilan ishlashning afzalliklari:
- Jismoniy va yuridik shaxslar bilan hamkorlik. Biz yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda yuridik shaxslarga hamkorlik qilishni taklif etamiz. Barcha majburiyatlarimizga to’liq amal qilish va har bir mijozga vijdonan munosabatda bo’lishni kafolatlagan holda barcha hamkor va mijozlarimiz bilan shaffof shartnoma asosida ish olib boramiz.
- Qo’shma loyihalar. Biz rivojlanishga intilamiz, shu sababdan mahsulotlarimizni O’zbekistonning barcha hududlariga yetkazib beramiz. Faoliyatimiz imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun kompaniyamiz nafaqat ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, balki o’zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishga yordam beradigan turli qo’shma loyihalarni ham taklif qilishga tayyor. Narxlar ro’yxatini bilish yoki hamkorlikning individual shartlarini aniqlashtirish uchun kompaniyaning aloqa raqami yoki elektron pochta manzilidan foydalaning. kompaniyaning aloqa raqami yoki elektron pochta manzilidan foydalaning
- Hamkorlikning turli shakllari Kompaniyamiz bilan ishlash – biznesingizning kafolatlangan o’sishi va gullab-yashnashi, hamkorlikning turli formatlariga o’tish imkoniyatidir. Korxonamiz yangi texnologik jihozlar va zamonaviy laboratoriya bilan jihozlangan. Shu bois, biz nafaqat o‘z xomashyomizdan mahsulot ishlab chiqaramiz, balki mijozlar tomonidan taqdim etilgan xomashyo ustida individual shartlarda ishlashga ham tayyormiz.
- Uzoq muddatli hamkorlik. Mahsulotlarimiz o’z sog’lig’i haqida qayg’uradigan mijozlarga yoqadigan sifat belgisiga ega brenddir. Biz bilan hamkorlik qilish sizga yuqori sifatli mahsulotlar va yangi savdo imkoniyatlariga ega bo’lish imkonini beradi. Biz bilan hamkorlik uzoq, o’zaro manfaatli va samarali bo’lishi uchun kompaniyamiz doimiy ravishda mahsulot va xizmatlar sifati ustida ish olib boradi.