Rahmat! Arizangizni qabul qildik, tez orada siz bilan bog'lanamiz.
Juda ko'p ariza yuborildi
Siz oxirgi 30 daqiqada 2 ta ariza yubordingiz. 30 daqiqadan keyin qayta urinib ko'ring.
Kompaniya haqida
Biz yuqori sifatli xomashyodan faqat tabiiy mahsulot ishlab chiqaramiz – xususan, nafaqat mijozlarimiz, balki ularning iste’molchilari uchun ham qayg’uramiz.
Barcha turdagi mahsulotlar Yevropa, Turkiya va Xitoyning zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalarida joriy davlat standartlariga muvofiq ishlab chiqarilmoqda, bu esa mahsulotlarning ham ichki, ham xalqaro bozorlarda yuqori sifati va raqobatbardoshligini kafolatlash imkonini beradi. Korxonamiz mahsulotlari O‘zbekiston bozorida ham, yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlarda ham xaridorgir. Eksport hajmi yil sayin ortib bormoqda va tovar yetkazib berish xaritasi bugungi kunda MDH davlatlari, shuningdek, AQShni qamrab olgan.
Mahsulotlar eksporti
2019-yilgacha ishlab chiqarish o‘zining konsentrlangan sharbatlar va pyurelarga bo‘lgan ehtiyojlarini qoplashga yo‘naltirilgan bo‘lib, keyinchalik esa tayyor sharbatlar va nektarlar ishlab chiqarishda qo‘llandi. 2019-yildan boshlab korxona meva konsentratlarini eksport qilishni boshladi. 2019-2021-yillar davomida umumiy eksport hajmi 1,5 ming tonnadan ortiq tayyor mahsulotlarni qamrab oldi.
Ishlab chiqariladigan mahsulotlar to’plami assortimentini va xaridorlar geografiyasini kengaytirish, sotish hajmini oshirish bo’yicha ish olib borilmoqda. Biz mahsulotlarimizni yaqin va uzoq xorij mamlakatlariga eksport qilamiz. Ularning HASSP, ISO, Kosher kabi xalqaro sifat standartlariga mos kelishi mijozlar bazasini doimiy ravishda kengaytirish imkonini beradi. Shu tariqa bugungi kunda barcha mahsulotlarni ishlab chiqarish “buyurtma” asosida amalga oshirilmoqda, vaholanki, mahsulotga ishlov berish jarayoni natijalariga ko’ra qayerga qancha tovar jo’natilishi mavsum boshida ma’lum bo’ladi.
IKKITA ZAVODNING ISHLAB CHIQARISH MAYDONLARI: YANGIYO’L VA BAXMAL