Konsentrlangan pyurelar

Mahsulotlarimiz

SAVOLLAR - JAVOBLAR

Konsentrlangan pyure –  shakar, tuz, turli oziq-ovqat qo'shimchalari va konservantlar qo’shilmagan holda meva, rezavor meva yoki sabzavotlarni maydalash orqali olinadigan mahsulot.

Dastlab, mevalar maxsus mashinalarda yuvilib, quritiladi. To’qimalarni yumshatish uchun meva va rezavorlarning ayrim turlariga issiqlik bilan ishlov beriladi. Keyin esa ular qiymalagich apparatga solinib, pyuresi olinadi. Olingan massadan suyuqlik bug'lanadi, so'ngra mahsulot gomogenlashtirilib, sterilizatsiya jarayonidan o’tkaziladi va zararli bakteriyalar bilan ifloslanishini olini olish maqsadida tegishli idishga aseptik usulda qadoqlanadi.

Oddiy pyuredan farqli o’laroq, konsentrlangan mahsulot tarkibida kamroq suv va ko’proq ozuqa moddalari, shuningdek mikroelement va vitaminlar mavjud. Bu meva va sabzavotlarning foydali jihatlarini o’zida saqlovchi mazali va foydali mahsulotdir.

Sabzavotli, meva va rezavor mevali konsentrlangan pyurelar pazandachilik, qandolatchilik mahsulotlari, bolalarga mo’ljallangan taomlar va alkogolsiz ichimliklar tayyorlashda ishlatilishi mumkin.